
Messi Marokashga qarshi o‘ynaydi, faqat...
Avval xabar berganimizdek "Barselona" forvardi Lionel Messi yana Argentina terma jamoasiga qaytadi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 31 yoshli futbolchi Marokash terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushadi. Biroq, Argentina futbol federatsiyasi tarqatgan xabarga ko‘ra Messining ushbu o‘yinda ishtirok etishi uchun ayrim shartlar bor. Unga ko‘ra shu kuni Messi bilan hech kim suratga tushmasligi kerak, futbolka almashmasligi kerak va unga nisbatan qo‘pol o‘ynamaslik kerak. Bundan tashqari Messi o‘yindan oldin qaysi mehmonxonada yashashi ham sir tutiladi.
Eslatib o‘tamiz, Messi JCh-2018dan buyon terma jamoa safida maydonga tushmay kelayotgan edi. Marokash – Argentina bahsi esa 26 mart kuni Rabot shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar