Messi kutilmaganda “Inter Mayami”ni tark etishga qaror qildi

  • 1 iyul, 08:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami”ning yangi formatda o‘tkazilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini erta tark etgani Lionel Messiga yoqmagan ko‘rinadi.

Tecno

Jurnalist Esteban Edul ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasi orqali sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Argentina terma jamoasi manfaati uchun “Inter Mayami”ni tark etishga qaror qilgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, 38 yoshli yulduz 2026 yilgi jahon chempionatidan olti oy oldin raqobat kuchliroq ligaga ko‘chib o‘tishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Lionel Messi futbol olamida o‘zi ishtirok etgan barcha nufuzli musobaqalarda g‘olib chiqqan kam sonli futbolchilardan hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!