Messi kelajakda murabbiy bo‘ladimi?

  • 1 noyabr, 2024, 10:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami”da to‘p surayotgan argentinalik hujumchi Lionel Messi faoliyatini yakunlaganidan keyingi rejalari haqida berilgan savolga javob berdi.

Tecno

“Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin nima qilmoqchiligimni hozircha bilmayman. Men murabbiy bo‘lishni xohlamayman, lekin bu yakuniy qaror emas. Men bugungi kun bilan yashashni yaxshi ko‘radiganlardanman, shuning uchun endi faqat o‘yinlar, mashg‘ulotlar va maydonda zavq olish haqida o‘ylayapman", - dedi Messi.

Ma’lumot uchun, Messi “Inter Mayami” safiga 2023 yilda PSJdan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Uning floridaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. 

Leo bundan avval JCh-2026 da ishtirok etish imkoniyatlari haqidagi savolga javob bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!