
Messi jarohati sabab Argentina terma jamoasining Salvador va Kosta-Rikaga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi
Lionel Messi Argentina terma jamoasining navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda "Tyc Sports" nashri xabar berdi.
Lionel ayni damda mushaklaridagi jarohat sabab davolanmoqda. 36 yoshli futbolchi kecha bo‘lib o‘tgan "Di Si Yunayted"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmadi. Leo MLSning joriy mavsumida uchta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempionati sohiblari mart oyidagi FIFA kunlarida Salvador va Kosta-Rika bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bellashuvlar 23 va 26 mart kunlariga belgilangan.
Fikrlar