
Messi jahon chempioni bo‘lsa ham, Ronaldu undan zo‘rmi?
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Argentina terma jamoasining Qatardagi jahon chempionatida g‘alaba qozonganiga munosabat bildirib, jahon futbolida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu raqobatiga ham to‘xtalib o‘tdi.
- Ronaldu va Messi o‘rtasidagi raqobat bu o‘yinchilarni har doim yuqori darajada qolishiga xizmat qildi.
Oxir-oqibat, Lionel jahon chempionatida g‘olib chiqdi, Krishtianu esa bu sovrindan quruq qoldi.
Shunga qaramay, Ronaldu futbolchilik faoliyatini ajoyib tarzda o‘tkazdi. Ayniqsa, “Real”da o‘ynagan davrida, - dedi Karlo Anchelotti.
Ayni paytda Ronaldu ishsiz yuribdi. Jahon chempionati davom etayotgan paytda “Manchester Yunayted” portugaliyalik futbolchi bilan amaldagi shartnomani bekor qilgan edi.
Fikrlar