
Messi buni hazm qilolmadi
“Inter Mayami” bosh murabbiyi Xerardo Martino jamoaning yangi o‘yinchisi Lionel Messi xarakterining o‘ziga xosligini qoyil qolganini aytdi.
- “Neshvill” bilan durang o‘ynaganimizdan keyin Messi siqilib qoldi. Men unga “Xotirjam bo‘l, biz har bir uchrashuvda g‘olib chiqolmaymiz”, deyishga majbur bo‘ldim.
Messi biz uchrashuvda yutqazganimizdek xafa bo‘ldi. Biz hamon o‘z uslubimizni topishga harakat qilyapmiz, Leo esa, har doim g‘alabaga intiladi.
Uning bu mentalitetini o‘zgartirish juda qiyin. Lekin men buni o‘zgartirmagan bo‘lardim. Aynan g‘oliblik mentaliteti uni hhamon eng zo‘r futbolchi qilib turibdi, - dedi Xerardo Martino.
Lionel Messi “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tganidan beri bu jamoa hali biror marotaba mag‘lubiyatga uchragani yo‘q.
Fikrlar