
Messi bor ekan, Ronalduga o‘rin yo‘q
Iliya Topuriya Lionel Messini Mayamidagi jangiga taklif qilmoqchi. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
UFC jangchisi Krishtianu Ronaldudan ko‘ra Messini afzal ko‘rishini aytdi.
- Krishtianu Topuriya haddan tashqari ko‘p gapiradi, deb aytdi. Bunga fikringiz qanday?
- Bu menga chindan ham tushunarsiz. U mening ko‘p vaysashimni aytdi. Men buni Xuanma Kastano (sport sharhlovchisi) aytganida tushunar edim. Biroq, Krishtianudan bunday gapni eshitish miyamga sig‘maydi. Sababi, doim ko‘p gapirib yuboradigan Ronaldu uchun bu o‘rinli emas.
Men Mayamidagi jangimga shaxsan Messini taklif qilardim. Xullas, Messi bor ekan, Krishtianu kerak emas, - dedi Topuriya "El Partidazo de COPE" dasturida.
Fikrlar