
Messi: “Biz kim ekanligimizni bilamiz”
Lionel Messi Argentinani finalgacha etib kelishida o‘zini katta hissasini qo‘shib kelmoqda. U mundialda 5 ta gol va 3 ta assist amalga oshirib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinda bormoqda. Xorvatiya mag‘lubiyatga uchratilganidan so‘ng hujumchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu men uchun eng yaxshi jahon chempionatmi yoki yo‘qmi bilmayman. Ammo men juda xursandman. Biz guruhdan chiqishimizga ishongandik. Biz kim ekanligimizni yaxshi bilamiz va xalqdan bizga ishonishlarini so‘raymiz,” dedi PSJ hujumchisi.
“Butun jahon chempionati ajoyib o‘tdi. Biz nimalarni boshdan o‘tkazmadik va endi so‘ngi o‘yinga bormoqdamiz. Bu biz xohlagan narsa. Qiyin vaziyatlarda qolib ketgandik. Bugun esa biz baxtlimiz. Bu odamlar va mamlakatimizdagi barcha insonlar bilan zavqlanmoqdamiz”, deya qo‘shimcha qildi Messi
Leo ushbu kubokka 2014 yilgi jahon chempionatida ham yaqin kelgan. O‘shanda nemislarga mag‘lub bo‘lib, turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgandi
Fikrlar