
Messi “Barselona”ni tabrikladi
“Inter Mayami” futbolchisi Lionel Messi sobiq klubi “Barselona”ga murojat qildi. Argentinalik yulduz “ko‘k-anorranglilar”ni 125 yilligi bilan tabrikladi.
-“Barselona”ni 125 yilligi bilan tabriklayman. Men klubni, shaharni, odamlarni va muxlislar mehrini so‘g‘inyapman. Umid qilamanki, klub katta muvoffaqiyatlarga erishadi,- dedi Messi 3Catga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Leo 2021 yilda “Barselona”ning moliyaviy muammolari sabab, yangi shartnoma tuza olmagach, erkin agent sifatida PSJ safiga qo‘shilgan edi.
Fikrlar