Messi argentinalik muxlislar bilan xayrlashdi

  • 5 sentabr, 09:18
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida o‘zining so‘nggi uy o‘yinini o‘tkazdi.

38 yoshli hujumchi ikkita gol urib, jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichida Venesuelani 3:0 hisobida mag‘lub etishiga hissa qo‘shdi. O‘yin tugagach, Messi argentinalik muxlislar bilan xayrlashib, ta’sirli nutq so‘zladi.

Tecno

- Ko‘p yillar o‘tdi, har bir o‘yindan zavq oldik. Men juda baxtliman. Hammasini shunday yakunlash - men doim shunday bo‘lishini orzu qilgan edim. Bu erda o‘ynab, ko‘p narsalarni boshdan kechirdim. Argentinada muxlislarimiz oldida chiqish qilish har doim yoqimli edi. Barselonada meni sevishardi, bu erda ham menga shunday munosabatda bo‘lishlarini orzu qilardim, - deya mahalliy futbol muxlislari bilan xayrlashdi.

Argentinaliklar ushbu g‘alabadan so‘ng mundialda ishtirok uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!