
Messi 67 yillik rekordni takrorladi
Lionel Messi oltinchi marta Amerika kubogida gol urdi.
Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" klubi hujumchisi Kanadaga qarshi yarim final bahsida (2:0) gol urdi.
Leo o‘zi ishtirok etgan 7 ta Amerika kubogining 6 tasida gol urdi. Lionel faqat 2011 yilgi turnirda bu ishni uddalay olmagan.
Shu tariqa, argentinalik futbolchisi braziliyalik Zizinoning 1957 yilda o‘rnatilgan rekordini takrorladi.
Fikrlar