Messi 2026 yilgi jahon chempionatida qatnashmasligi mumkin

  • 4 noyabr, 2023, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatida qatnashishi haqidagi savollarga javob berdi.

Tecno

- Navbatdagi jahon chempionatida qatnashamanmi? O‘sha paytda yoshim o‘tib qolgan bo‘lishini inobatga olib, mundialda o‘ynashim qiyin masala. Lekin hammasini vaqt ko‘rsatadi, - dedi Lionel Messi.

36 yoshli futbolchi 2022 yili Qatar mezbonlik qilgan mundialda Argentina terma jamoasi bilan jahon kubogini qo‘lga kiritgan.

Aynan futbol alamidagi eng nufuzli musobaqadagi g‘alaba argentinalik yulduzga faoliyatidagi sakkizinchi “Oltin to‘p”ni keltirdi.

Messi Argentina terma jamoasida 2005 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U jami 178 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 106 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!