Messi, pul topishni Ronaldudan o‘rgan!

  • 16 oktabr, 2023, 09:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Forbes biznes jurnali 2023 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yil davomida pul topish bo‘yicha Krishtianu Ronalduga etadigani topilmadi.

Tecno

Kuchli o‘nlikka kirgan futbolchilarning aksariyati Evropaning kuchli beshlik ligalarida hamda Saudiya Arabistoni klublarida o‘ynayotgan charm to‘p ustalaridir.

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bu yil 260 million dollar ishlab topdi va ulardan 200 millioni sport sohasidan kelgan mablag‘, qolganlari reklama shartnomalaridagi tushumdan iborat.

Ikkinchi o‘rindagi Lionel Messi yilning birinchi yarmida PSJdan, yozdan beri “Inter Mayami”dan jami 65 million dollar  maosh oldi va reklamadan kelgan ulushlar bilan jami topgan puli 135 million dollarni tashkil qildi.

Kuchli uchlikni yakunlangan “Al-Hilol” vakili Neymar 112 million dollar daromad ko‘rgan. Undan 80 millioni maosh, 32 millioni reklama shartnomalaridan tushgan mablag‘.

Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

 

  1. Kilian Mbappe (“Pari Sen‑Jermen”) — $ 110 million ( maoshi — $ 90 million).

 

  1. Karim Benzema (“Al‑Ittihod”) — $ 106 million (maoshi — $ 100 million).

 

  1. Erling Xoland (“Manchester Siti”) — $ 58 million (maoshi — $ 46 million).

 

  1. Muhammad Saloh (“Liverpul”) — $ 53 million (maoshi — $ 35 million).

 

  1. Sadio Mane (“An-Nasr”) — $ 52 million (maoshi — $ 48 million).

 

  1. Kevin De Bryoyne (“Manchester Siti”) — $ 39 million (maoshi — $ 35 million).

 

  1. Harri Keyn (“Bavariya”) — $ 36 million (maoshi — $ 26 million).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!