
"Mergan" - nishonni topdi
APL 36-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Vest Xem" bahsida "aristokratlar" futbolchisi Nikolas Jekson ikkita gol va bitta assist muallifiga aylandi (5:0). Qayd etish lozim, senegallik futbolchi bir necha kun avval bo‘lib o‘tgan "Tottenxem"ga qarshi bellashuvda ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygandi.
Mavsum avvalida anchagina yomon statistika qayd etib, vaziyatlarni ko‘kka sovurishi bilan klub muxlislarining e’tiroziga sabab bo‘lgan futbolchi oxirgi uchrashuvlarda anchagina sermahsullik namoyish etmoqda. Futbolchining ayni damda "transfermarkt" portalidagi bahosi ham 35 million evroni tashkil etadi.
Umuman olganda, Jekson joriy mavsum APLda 13 ta gol va 5 ta assist qayd etgan. U Palmerdan keyin "aristokratlar"ning eng sermahsul futbolchisi bo‘lib turibdi.
Fikrlar