
Menni Pakyao ringga qaytadi, raqib...
WBC prezidenti Maurisio Sulaymon filippinlik boks afsonasi Menni Pakyao va amerikalik Mario Barrios o‘rtasidagi jangni e’lon qildi.
"Mazkur bahs iyul oyida bo‘lishi mumkin. Menni faoliyatini tashkilotimiz chempioni sifatida yakunlamoqchi. U tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va Nevada shtat atletika komissiyasi tomonidan janglarda ishtirok etish uchun ruxsat oldi” - dedi Butunjahon boks kengashi (WBC) prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 46 yoshli Pakyao sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblanadi. Barrios esa 2023 yil sentyabrida Yordenis Ugasni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgandi. O‘tgan yilning noyabrida Abel Ramosga qarshi jang qilib, durrang natija qayd etdi.
Fikrlar