Men zo‘rman, lekin Mourino meni maqtamaydi!

  • 18 sentabr, 2022, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” hujumchisi Temmi Abraxam jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning o‘ziga bo‘lgan munosabati haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Mourino – dunyodagi eng zo‘r murabbiylardan biri. U futbolchilarga qanday munosabat qilishni, har bir o‘yinchiga qanday yondashish kerakligini yaxshi biladi.

Mening holatimda u hech qachon meni maqtamaydi. Uchrashuvdagi tanaffus vaqtida undan hech qachon meni ruhlantiradigan yaxshi gap eshitmaganman. Shunday bo‘lsa-da, qalbimning to‘rida o‘zimga-o‘zim: “Bilasanmi, sen maydonda haqiqatan zo‘rsan”, deb o‘ylayman.

Mourino har doim meni yanada yaxshiroq o‘ynashimni xohlasa kerak, - dedi Temmi Abraxam.

Angliyalik futbolchi “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Aristokratlar” o‘tgan yili yozda “Inter”dan Romelu Lukakuni sotib olganidan keyin Abraxam jamoani tark etishga majbur bo‘ldi.

Rimliklar iste’dodli hujumchi uchun 40 million evro to‘lagan. Tomonlar kelishuviga ko‘ra, “Chelsi” 2023 yilning yozida o‘z tarbiyalanuvchisini 80 millin evroga qayta sotib olish huquqiga ega.

Temmi Abraxamga “aristokratlar”dan tashqari “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” va “Arsenal” jamoalari ham ko‘z tikmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!