
Men Xoland bilan Levandovskini olishni so‘ragandim!
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub rahbariyatidan Erling Xoland va Robert Levandovskini olishni so‘rab, rad javobini olganini aytdi.
- Biz to‘pni egallab turadigan, uzun pas oshiradigan himoyaviy o‘yin ko‘rsatadigan jamoa bo‘lib qolishni istamaymiz. Romelu Lukakuning kelishi bizning turlicha o‘yin uslublarini qo‘llash imkoniyatimizni oshiradi.
Lukaku “Inter” uchun muhim o‘yinchi edi, biroq o‘z tarixini “Chelsi”da davom ettirish uning orzusi edi. Biz uning qaytganidan xursandmiz. Romelu tezkor, kuli va jamoa uchun o‘ynaydigan kamtar yigit.
Lukakudan tashqari Xoland va Levandovskini ham olmoqchi edik. Afsuski, rahbariyat bizni eshitishni istamadi va oxirida faqat Lukaku bilan qoldik, - dedi Tomas Tuxel.
Fikrlar