Men Messidan xavotirdaman!

  • 19 may, 2021, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionligiga erisha olmagan “Barselona”ning tajribali himoyachisi Xordi Alba jamoa etakchisi Lionel Messining klubdan ketib qolishidan xavotirda ekanini yashirmadi.

Tecno

- “Selta”ga qarshi o‘tkazilgan bellashuv Messi uchun “Kamp Nou”dagi  oxirgi o‘yin bo‘lmasligiga umid qilamiz. Messi yaqinda muhim qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keladi, - deb o‘z xavotirini bildirdi Alba.

Messining jamoadoshlari argentinalik o‘yinchi kamida bir mavsum ular bilan birga to‘p tepishini istamoqda. Leoning o‘zi esa, hali bir qarorga kelgani yo‘q va klub bilan kelishuvni uzaytirmadi.

Messi joriy mavsumda La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va to‘qqizta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!