
Men “Manchester Yunayted”da qolaman!
The Mirror nashrining xabar berishicha, “Manchester Yunayted” sardori Harri Maguayr “Barselona”ga o‘tishdan bosh tortgan. Manbaning ta’kidlashicha, klub rahbariyati tajribali himoyachini Frenki de Yong transferiga qo‘shmoqchi bo‘lgan.
Biroq, Angliya terma jamoasi o‘zidan bu tarzda foydalanmoqchi bo‘lishganiga qattiq qarshi chiqdi. Keyingi paytda ko‘p tanqid ostiga olinayotgan Maguayr yangi bosh murabbiy qo‘l ostida “Manchester Yunayted”ga kerakli o‘yinchi ekanini isbotlamoqchi.
29 yoshli futbolchi 2019 yildan beri manchesterliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u “Sheffild Yunayted”, “Xall Siti”, “Uigan” va “Lester” jamoalari safida to‘p tepgan.
Maguayr faoliyati davomida 477 ta uchrashuvda qatnashib, 28 ta gol va 24 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar