
"Men deyarli hamma joyda g‘alaba qozonganman"
"Liverpul" va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh Senegalga qarshi final oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra, futbolchi finalda g‘alaba qozonishni xohlaydi.
"Men Chempionlar Ligasini yutganimda ajoyib tuyg‘ularni his qilgandim. Klubda oxirgi chempionlikdan 30 yil o‘tib, Premer-liga kubogini qo‘lga kiritdim.
Shveytsariyada ham chempion bo‘lganman. Umuman men, deyarli hamma joyda g‘alaba qozonganman.
Shunday ekan, men bugun mamlakatim terma jamoasi bilan ham g‘olib bo‘lishni istayman. Ajoyib hissiyotlarni yurtdoshlarim bilan birga bo‘lishmoqchiman", - dedi Saloh.
Eslatib o‘tamiz, Senegal - Misr jamoalari o‘rtasidagi final bahsi bugun 00:00da start oladi.
Fikrlar