Medisson London klubiga o‘tishi mumkin

  • 10 iyun, 2023, 22:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lester" yarim himoyachisi Jeyms Meddison faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi. "Tulkilar" Chempionshipga tushib ketganidan keyin ingliz futbolchisi jamoadan ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, Meddison uchun "Nyukasl" va "Tottenxem" klublari kurashmoqda. Ayni dam "shporlar" "Lester" bilan muzokaralar o‘tkazyapti. Yarim himoyachining o‘zi Chempionlar ligasida to‘p tepishni istaydi. 

Ma’lumot uchun, Jeymsning "Lester" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!