
Medallar soni keskin ortmoqda!
Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo‘yicha G3 klassifikatsiyasidagi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi"ning Osiyo mintaqasi uchun mo‘ljallangan musobaqasi ilk kunida mamlakatimiz taekvondochilari 5 ta medalga ega chiqdi.
Xalqaro turnirning ilk kunida erkaklar -74, -80, -87, +87 kilogramm, ayollar esa -46, -49, -53 hamda -57 kilogramm og‘irlikdagi bellashuvlarda dayanga chiqishdi.
Shiddatli kechgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, hamyurtlarimiz Jasurbek Jaysunov (-80) va Marat Mavlonov (+87) oltin, Shuhrat Salaev (-87) kumush, Yodgorbek Jo‘raboev (-87) Madina Mirabzalova (-57) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Xalqaro turnirning ikkinchi kungi bahslarida 8 ta vaznda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin va 1 ta bronza, jami 3 ta medalga ega chiqdi. Jumladan, Jahongir Xudoyberdiev (-54kg) va Ozoda Sobirjonova (-67 kg) oltin, Svetlana Osipova (+73 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida: mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 kumush va 3 bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar