Mbappening ko‘z yoshi 55 million evroga tushadi

  • 1 noyabr, 2024, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ va Kilian Mbappe o‘rtasidagi kelishmovchiliklar davom etadi. 25 yoshli hujumchi klubdan 55 million evro miqdoridagi haqini sud orqali undirishga urinyapti.

Tecno

Garchi sud qarorlari parijliklar futbolchiga muayyan oylar uchun maosh va bonuslarni to‘lashni talab etayotgan bo‘lsa-d, PSJ ularni bajarishga shoshilyapti.

Nufuzli nashr — L'Equipe ekspertlari Mbappe nega sobiq klubiga qarshi borayotganining sabablarini aniqladi.

Unga ko‘ra, PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifiy murabbiylar shtabidan Kilianning ukasi Itanni o‘yinga qo‘ymasligi haqidagi buyrug‘i sabab bo‘lgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, bosh murabbiy Luis Enrike rahbariyat talabi bilan Itan Mbappeni o‘tgan mavsumning 33-turi qaydnomasiga kiritmagan. Ispan mutaxassisning qaroridan xabar topgan Itan ko‘z yosh to‘kkan.

Kilian ukasining bu ahvolini ko‘rib, Nasser Al-Xelaifiyga e’tiroz bildirgan va klubda qolib ketayotgan 55 million evro miqdoridagi maosh va bonuslaridan voz kechmasligini ta’kidlagan.

Yozda Kilian Mbappe erkin agent sifatida “Real”ga o‘tib ketdi. Biroq haligacha PSJ xo‘jayini unga nisbatan turli fitnalar uyushtirayotganini aytib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!