
Mbappeni “Real”dan olib ketamiz...
“Liverpul” hujum chizig‘ini Kilian Mbappe bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Aslida “qizillar” frantsiyalik futbolchi PSJda o‘ynab yurgan kezlari uni olishga bir necha marotaba urinib ko‘rgan edi.
Defensacentral nashrining ma’lum qilishicha, Kilian Mbappe Madrid superklubiga ko‘chib o‘tganidan beri xotirjamligini yo‘qotgan. 25 yoshli futbolchi o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmayotganini his qilyapti.
Bu vaziyatdan “Liverpul” foydalanib qolishni mo‘ljallayapti. Angliya grandi “Qirollik klubi”ga Kilian Mbappe uchun 150 million evro taklif qilmoqchi.
Transfer ekspertli bu savdoni amalga oshirish juda qiyin ekanini ta’kidlamoqda. Chunki Mbappening o‘zi hozircha Madriddan ketmoqchi emas va vaziyat o‘nglanib ketishiga umid qilyapti.
Fikrlar