Mbappeni olishimiz kerak edi, lekin boshqasini tanlashdi

  • 7 aprel, 2024, 06:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” tizimida 2005-2020 yillar davomida faoliyat yuritgan sobiq direktor Xaver Bordas klub o‘z vaqtida Kilian Mbappe va Erling Xolandni transfer qilmoqchi bo‘lganini aytdi.

Tecno

- Agar klubni men boshqarganimda Mbappe hozir “Barsa”da o‘ynayotgan bo‘lardi. PSJ Neymar transferi uchun 222 million evro to‘lagani paytda Mbappeni sotib olish uchun etarli mablag‘ bor edi.

Lekin o‘sha paytdagi rag‘bariyat Usmon Dembeleni tanladi. Men Mbappe variantini ma’qulladim, Kilianning otasi  bilan gaplashib, o‘g‘lini “Barselona”ga o‘tishga ko‘ndirishga tayyor edim. Hatto bir lahza bo‘lsa ham buni amalga oshira olishimizga ishongandim ham.

Erling Xoland ham Ispaniyada o‘ynashni istaydi. Uning ham “Barselona”ga o‘tish xohishi bor edi. O‘shanda “Zaltsburg”ga 20 million va Xolandning agenti Mino Rayolaga ham shuncha mablag‘ to‘lash kerak bo‘lardi. Rahbariyat vakillari tarkibda Luis Suares borligini inobatga olib, Xolandni olib kelish g‘oyasidan ham voz kechishdi, - dedi Xaver Bordas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!