
Mbappe:"Hayotimni yo‘lga solish uchun vaqt kerak"
"Real" futbolchisi Kilian Mbappe yaqinda Canal+ga bergan intervyusida juft topish haqida gapirib o‘tdi.
"Men bu erda baxtsiz odam rolini o‘ynay olmayman. Hayotimni yo‘lga solish uchun vaqt kerak.
Onamga, otamga, ukamga, yaqinlarimga sevgimni izhor qilganman. Bir marta sevib qolganman – umid qilamanki, bu yana sodir bo‘ladi. Men bu his-tuyg‘ularni boshdan kechirish uchun yaratilganman, lekin yonimdagi odam bunga tayyor bo‘lmasligi ham mumkin",-dedi 25 yoshli hujumchi suhbatda.
Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi 20 ta o‘yinda 10 ta gol va ikkita assist qayt etdi.
Fikrlar