Mbappega PSJdagi so‘nggi sovrinini yuborishdi (foto)

  • 17 sentabr, 2024, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe Evropa Chempionlar ligasida o‘tgan mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Tecno

Frantsiyalik mohir futbolchi to‘purarga berilgan sovrinni qabul qilib oldi va uning suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.

Ta’kidlash joizki, 25 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum PSJ o‘yinchisi edi. Parijliklar safida Chempionlar ligasida yarim finalgacha etib bordi. Xalqaro turnirda o‘z hisobiga sakkizta gol yozdirid qo‘ydi.

Chempionlar ligasining bosh sovrini Mbappe hozir o‘ynayotgan “Real”ga nasib qildi.

Mbappe PSJdagi so‘nggi mavsumida barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 44 ta gol va 10 ta assist rasmiylashtirdi. Shundan so‘ng, erkin agent maqomida “Real”ga ko‘chib o‘tdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!