
Mbappe xoin! Unga boshqa imkoniyat berilmaydi
“Real” rahbariyati PSJ bilan shartnomasini uzaytirgan hujumchi Kilian Mbappega boshqa hech qachon Madrid klubiga o‘ta olmasligini aytdi, deb xabar bermoqda jurnalist Tomas Gonsales Martin o‘zining tvitter sahifasida.
Manba bergan xabarga ko‘ra, “qirollik klubi” Mbappening PSJ bilan shartnomasini uzaytirganini xoinlik deb hisoblamoqda, chunki u avvalroq "Real"ga o‘tishga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Mbappe Parij klubi bilan shartnomasini 2025 yilning yoziga qadar uzaytirdi. PSJ buning uchun futbolchiga 300 million evro bonus to‘laydi. Bundan tashqari, Mbappening maoshi yiliga 100 million evroga etadi.
Fikrlar