Mbappe xaridorlarga qancha maosh kerakligini aytdi!

  • 23 oktabr, 2022, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchini Kilian Mbappe mavsum yakunlanishi bilan Parijni takr etishi mumkin. 23 yoshli futbolchi ichki muhit tufayli klub bilan shartnomani bekor qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Tecno

“Chelsi”ning yangi xo‘jayini Todd Byoli jamoasiga Kilian Mbappeni olib kelishni reja qlgan va bu borada pulni ayamoqchi emas. Xaridorlar orasida “Real” va “Liverpul” ham bor.

Kilianni qo‘lga kiritish uchun bu klublar birinchi navbatda futbolchining o‘zi bilan maosh masalasida kelishib olishi kerak.

Ma’lumotlarga qaraganda, Kilian Mbappe boradigan klubida rekord darajada maosh olmoqchi. Angliya premer-ligasi vakillari frantsiyalik hujumchiga har mavsum uchun 50 million funtdan ziyod maosh ajratishiga to‘g‘ri keladi.

Mbappe o‘zining xizmatlarini ana shu summaga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!