Mbappe va yana etti futbolchiga yangi ish kerak

  • 20 dekabr, 2023, 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum yakunlanishi bilan bir necha futbolchi erkin agent maqomini oladi.

Tecno

FIFA qoidalariga ko‘ra, shartnomasi yozda yakunlanadigan o‘yinchilar yanvarning ilk kunidan boshlab, yangi jamoalar bilan muzokaraga kirishishi va dastlabki shartnomalarini tuzishi mumkin.

Evropa futbolini yoritib kelayotgan manbalar mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan mashg‘ur futbolchilar  ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Eng katta shov-shuv PSJ hujumchisi Kilian Mbappe atrofida ko‘tariladi. PSJ o‘z hujumchisiga yangi shartnomani o‘tkaza olmayapti. Mbappeni Ispaniya, Angliya va Saudiya Arabistonida kutishyapti.

Mbappedan tashqari, yana etti nafar futbol yulduzi o‘ziga yangi ish topishi yoki jamoasi bilan kelishuvga erishishi kerak. Bular – Adrien Rabio (“Yuventus”), Pyotr Zelinski (“Napoli”), Tomash Souchek  (“Vest Xem”), Presnel Kimpembe (PSJ), Uilfred Ndidi (“Lester”), Aleks Meret (“Napoli”), Antoni Marsyal (“Manchester Yunayted”).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!