
Mbappe va Neymar bir biridan yuz o‘girdi
PSJda birga o‘ynagan ikki yulduz – Kilian Mbappe va Neymar bir birining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga obunani bekor qildi.
Har ikki futbolchi 2017 yildan PSJ sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Neymar yozda “Al-Hilol” taklifini qabul qilib, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi.
Ikki hujumchining munosabati yaxshi emasligi haqida Evropa matbuoti juda ko‘p yozgan. Neymar PSJdan ketishidan oldin Mbappe tanqid qilingan postlarga layk bosgan edi.
Bundan tashqari, Mbappe aynan Neymar ketganidan keyin Parijda qolishga ko‘ngani aytilmoqda.
PSJda asosiy yulduz maqomida bo‘lgan Kilian Mbappe jamoada janubiy amerikalik futbolchilar ta’siri kuchli ekanidan norozi bo‘lib kelgan.
Fikrlar