
Mbappe tufayli rahbarlar ishdan olinadi
PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy jamoa etakchisi Kilian Mbappe atrofida yuzaga kelgan vaziyat oqibatida rahbariyatda o‘zgarish qiladigan bo‘lyapti.
Manbalarning ta’kidlashicha, klub prezidenti muammo kelib chiqishiga yo‘l qo‘ygan sport direktori Luish Kampushni ishdan olmoqchi.
Ma’lumki, Kilian Mbappe klub xo‘jayinlariga klubda 2025 yilning yozigacha qolmaslik uchun sharnomani uzaytirmasligini ma’lum qilgan.
Shundan keyin, klub mutasaddilari Mbappeni shu yoz ichi sotib yuborish qarorini bergan. Bu holat, PSJ xo‘jayinining g‘azabini chiqardi. U keskin choralar ko‘rmoqchi.
Fikrlar