Mbappe “Real”dan voz kech, bizga o‘t, 700 million evro olasan!

  • 1 mart, 2024, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” to‘purar hujumchiga ega bo‘lish maqsadida Kilian Mbappeni nishonga oldi va buning uchun katta xarajatga tayyor ekanini bildirdi.

Tecno

Ispaniyaning OkDiario nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar Mbappeni katta mablag‘ evaziga o‘ziga jalb qilmoqchi.

“Manchester Yunayted” frantsiyalik forvardga shartnoma imzolash uchun 200 million bonus va jami 500 million evro maosh ko‘rsatilgan besh yillik bitim taklif qildi.

Klub mutasaddilari katta transferni amalga oshirishda “Manchester Yunayted”ning 25 foiz aktsiyalarini sotib olgan milliarder ser Jim Retkliff yordamiga tayanmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!