
Mbappe “Real”dan kutilmagan narsalarni talab qila boshladi
“Pari Sen-Jermen”dagi faoliyatini yakunlaganidan keyin yozda “Real”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan Kilian Mbappe Madrid klubida ham o‘z standartlarini o‘rnatishga urina boshladi.
25 yoshli charm to‘p ustasi xuddi PSJda bo‘lgani kabi “Real”da ham asosiy figura sifatida qator vakolatlarga ega bo‘lishni istayapti. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, PSJda hamma futbolchilar Mbappega o‘ynagan. “Real”da esa, jamoaviy o‘yin ustun turadi va hech bir o‘yinchining maydonda ortiqcha vakolati yo‘q. Shu bois, Mbappe bosh murabbiy Karlo Anchelottining taktik sxemalaridan norozi bo‘lyapti.
Avvalroq, Evropa matbuoti Kilian Mbappe va bir qator futbolchilar Karlo Anchelottining “Real” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilishini istayotgani haqida yozgan edi.
Italiyalik mutaxassis uchrashuvlarda Mbappeni markaziy hujumchi o‘rnida o‘ynatyapti. Frantsiyalik futbolchi esa, chap qanot hujumchisi hisoblanadi. Madrid klubida bu pozitsiyani Vinisius Junior o‘ziniki qilib olganiga ancha bo‘lgan va hech kimga o‘rnini bo‘shatib bermoqchi emas.
Fikrlar