
Mbappe “Real”da muammoga duch keldi. Qimmatbaho yulduz nimadan norozi?
Yozda “Real”ga ko‘chib o‘tgan Kilian Mbappe Karlo Anchelotti boshqaruvidagi o‘yinlarda o‘zining bor mahoratini ko‘rsata olmayapti.
Ayni paytda 25 yoshli yulduz katta bosim va tanqid ostida qolgan. O‘z navbatida, Mbappe ham ayrim holat bo‘yicha e’tiroz bildira boshladi.
Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Mbappega murabbiylar shtabi uni muntazam 9-raqam pozitsiyada o‘ynatayotgani yoqmayapti.
Kilian chap qanotdan hujum uyushtirishga moslashgan va hujum markazida o‘zini noqulay his qiladi. U bosh murabbiydan o‘zini qanotga qo‘yishni so‘rayapti. Mbappe ko‘zlagan joyda “Real”da Vinisius Junior to‘p tepadi.
Endi Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi Kilian Mbappe va Vinisius Juniorni hujum chizig‘iga bir biriga halaqit qilmaydigan darajada joylash masalasini hal qilishi kerak.
Fikrlar