Mbappe: Pulimni bermasa, PSJ Chempionlar ligasidan quviladi

  • 25 dekabr, 2024, 11:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe “Pari Sen-Jermen”dan klubdan qolib ketgan maoshini undirish harakatlarini to‘xtatgani yo‘q.

Tecno

Parijliklar umumiy hisobda Kiliandan 55 million evro miqdorida qarz. Futbolchi klubni sudga berib, pulni to‘lash haqida ham qaror chiqartirgan. Frantsiya futbol federatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi ham PSJdan o‘yinchining haqini berishni talab qilmoqda.

Parijliklar sud qarorini ham, qo‘mita talabini ham bajarmoqchi emas.

Sport.es saytining ma’lum qilishicha, Mbappe endi UEFAni ishga solmoqchi. 26 yoshli to‘purar xalqaro tashkilotdan agar PSJ maoshning qolgan qismini to‘lamaydigan bo‘lsa, klubni Evropa Chempionlar ligasi uchun berilgan litsenziyadan mahrum qilishni so‘ramoqchi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Mbappening PSJ bilan maosh masalasidagi ziddiyati bo‘yicha taniqli advokat Delfin Verxeyden ish yuritmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!