
Mbappe PSJdagi ziddiyatlar haqida aytib berdi
“Real” to‘purariga aylanib borayotgan Kilian Mbappe avvalgi jamoasi “Pari Sen-Jermen”dagi faoliyati haqida ayrim ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi.
- PSJ men uchun qadrdon klub. Men u erda etti yil umrimni o‘tkazdim. Bu klubda ham ijobiy, ham salbiy ma’noda katta bosimga duch keldim. Lekin bu ajoyib davrlar edi.
Balki, ayrim vaziyatlarda chalg‘ib qolganim xato bo‘lgandir. To‘g‘ri, ayrim odamlar bilan ziddiyatga bordim, chunki men o‘yinchi sifatida o‘z huquqlarimni himoya qilgandim. Lekin bu klubga tegishli bo‘lmagan.
PSJda biror o‘yinchi, xodim yoki murabbiy bilan janjallashmaganman.
Hissiyotlarimni muxlislar bilan ko‘proq bo‘lishsam ham bo‘lardi. Ular Kilianga hech narsaning farqi yo‘q, deyishadi. “Real”ga o‘tgunicha, shunchaki o‘ynab yurgan, deb o‘ylashadi.
Men haligacha PSJ o‘yinlarini ko‘raman. Bu klubdagi hamma narsani bilaman. Yutqazib qo‘yishsa, ularga qanchalik og‘ir ekanini his qilaman. Doim PSJga sodiq bo‘lganman. Bunaqa munosabatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, - dedi Kilian Mbappe.
Fikrlar