Mbappe PSJda umrbod qolishi mumkin edi

  • 21 dekabr, 2024, 15:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe faoliyati oxirigacha Frantsiyaning PSJ klubida o‘ynashga qarshi bo‘lmagan. Bu haqda futbolchining o‘zi gapirib berdi.

Tecno

- Men PSJda etti yil o‘ynadim, bu men uchun katta sharaf. Bu haqida etarlicha aytmaganim yoki ko‘rsatmagandirman, biroq, bu erda ekanligimni va klubning naqadar buyukligini doimo anglardim. Men har doim Frantsiyaning eng yirik klubi va dunyodagi eng yaxshi klublardan biri ekanligini ta’kidlaganman.

Hozir dunyoning eng katta klubidaman. Har doim aytganimdek, bu PSJni tark etishimga sabab bo‘luvchi yagona klub edi.

Agar "Real"ga o‘ta olmaganimda, PSJda umrbod qolgan bo‘lardim. U erda o‘ynash orzuim edi va men baxtiyorman. Albatta, PSJ o‘yinlarini kuzatishni davom ettiraman, jamoada do‘stlarim bor va hozir ular juda yaxshi natija ko‘rsatyapti, - dedi hujumchi.

Ma’lumot uchun, frantsiyalik hujumchi yozgi transferlar oynasida "qirollik klubi" tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!