
Mbappe “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar kim ekanligini aytdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real" hujumchisi Karim Benzemani 2022 yilgi "Oltin to‘p" uchun favorit deb bilishi borasida gapirdi.
“Karim 34 yoshda bo‘lsa-da, o‘tgan yili faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazdi: u Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va jamoasining bu muvaffaqiyatida asosiy figuraga aylandi. Agar men Karimning o‘rnida bo‘lib, ushbu sovrin qo‘lga kiritmasam, “Oltin to‘p” haqida bir umr o‘ylamagan bo‘lardim”, - deya Mbappening so‘zlarini keltiradi “L'Equipe” nashri.
Kecha, 12 iyul kuni Mbappe ham "Oltin to‘p"ga nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi. Mukofotning amaldagi sohibi Lionel Messi bo‘lib, u bu yilgi mukofotga nomzodlar qatoriga kiritilmadi.
Fikrlar