
Mbappe London klubiga o‘tish istagida
Kilian Mbappe "Arsenal"ga o‘tishdan mamnun bo‘lardi.
"The Independent" nashrining xabar berishicha, PSJ forvardi London grandi safiga o‘tish niyatida. Buning asosiy sabablaridan biri Mbappe Terri Anrining yo‘lidan izidan borish istagi hisoblanadi.
Shunday bo‘lsa-da, xuddi "Liverpul" kabi "Arsenal" ham moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzishni istamayapti.
Qayd etish lozim, avvalroq Mbappe yaqin haftalar ichida "Real" bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar chiqqandi.
Fikrlar