
Mbappe kelajagi borasida berilgan savolga javob berdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe o‘zining kelajagi borasida jurnalistlarning bergan savoliga javob qaytardi:
"Mening kelajagim? Hali hech narsaga qaror qilganim yo‘q. Hozir PSJda o‘ynayman. Bu erda besh yilni o‘tkazganimni, har daqiqadan zavqlanganimni va shunday qilishda davom etishimni aytishim mumkin", - dedi frantsiyalik futbolchi.
22 yoshli futbolchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida yakunlanadi. U hozircha PSJ bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas va "Real"ga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar