
Mbappe katta gapirib qo‘ydi
PSJ va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2023 yil bo‘ymcha o‘zining “Oltin to‘p”ni olish imkoniyatini juda yuqori baholamoqda.
- Shaxsiy sovrinlar haqida gapirish qiyin. Chunki bu vaziyatda o‘zingni hammani oldida ko‘rsatishing kerak bo‘ladi. Bu holat ko‘pchilikka yoqmaydi.
Sovrinni yutish talablari qanday? Yorqin futbol namoyish qilib, maydonda asosiy rolni o‘ynashmi? Men bu talablarga to‘liq javob beraman.
Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Tanlovni boshqalar qiladi, lekin men hamon bu borada umidimni uzganim yo‘q, - dedi Kilian Mbappe.
“Oltin to‘p” sovrini g‘olibi 6 sentyabr kuni e’lon qilinadi. Taqdirlash marosimi 30 oktyabrga belgilangan.
Fikrlar