Mbappe goleadorlik rolini hech kimga bermoqchi emas
Frantsiya terma jamoasi va "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe bir kalendar yili bo‘yicha eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatini ishonchli tarzda boshqarib turibdi.
24 yoshli frantsuz yakuniga etgan jahon chempionatida goleador bo‘lish barobarida o‘z shaxsiy ko‘rsatkichlarini yaxshilab oldi. Uning hisobida endi 55 ta o‘yinda jami 55 ta gol mavjud. 43 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan Erling Xoland bu borada ikkinchi, "Barselona" a’zosi Robert Levandovski (42) esa uchinchi pog‘onani band etgan.
Bu borada to‘rtinchi o‘rinni «RB Leyptsig» hujumchisi Kristofer Nkunku (37) egallab turgan bo‘lsa, yaqinda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Lionel Messi 35 gol bilan kuchli beshlikni yakunlagan.



Fikrlar