Mbappe: Endi birortang penalti tepmaysan!
“Real”da asosiy penaltichi etib belgilangan Kilian Mbappe endi birorta jamoadoshiga 11 metrlik belgidan zarba yo‘llash imkoniyatini bermaydigan bo‘ldi.
Faqatgina “Qirollik klubi” yirik hisobda oldinga chiqib olgan o‘yinlarda istisno tariqasida boshqa futbolchi penaltini ijro qilishi mumkin. Bu haqida The Athletic nashri ma’lumot tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, frantsiyalik yulduz “Valensiya” bilan bo‘lgan uchrashuvda Vinisius Junior penaltidan foydalana olmaganidan keyin shu qarorga kelgan. Mbappe o‘zi ikkita to‘p kiritganidan keyin braziliyalik jamoadoshiga 11 metrdan zarba berish imkoniyatini taqdim qilgandi.
Vinisius o‘zi to‘p kirita olmagani etmaganidek, La Liga to‘purarligi uchun kurashayotgan jamoadoshi Kilian Mbappeni xet-trik qilish imkoniyatidan ham ayirdi.



Fikrlar