
Mbappe: "Dekabr jamoamiz uchun ajoyib oy bo‘ldi"
"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe dekabr oyi yakunida jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilganiga o‘z munosabatini bildirdi.
- Menga ovoz bergan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman, bu men uchun juda muhim. Dekabr men va jamoamiz uchun ajoyib oy bo‘ldi. Sababi, biz Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdik, La Ligada ko‘plab o‘yinlarda g‘alaba qozondik va Chempionlar ligasining muhim uchrashuvida g‘olib chiqdik, - deb Mbappening so‘zlarini "Real"ning rasmiy sayti keltirdi.
Dekabr oyida Mbappe "Real" safida oltita o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi va ikkita golli uzatma berdi.
Ma’lumot uchun, futbolchi La Liganing jami 16 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va ikkita golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u Chempionlar ligasida oltita o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatma berdi. Transfermarkt Mbappening qiymatini 180 million evroga baholamoqda.
Fikrlar