Mbappe bu erda 25 yil qoladi!

  • 25 may, 2024, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappening PSJdan ketishi klub xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy uchun kutilmagan voqea bo‘lgani aytilmoqda.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi 2018 yili “Monako”dan PSJga transfer qilinganida mutasaddilar klub xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiyni Mbappe vaqti kelib, “Real”ga o‘tishni istab qolishi haqida ogohlantirgan ekan.

L’Équipe nashrining yozishicha, PSJ prezidenti bu ogohlantirishlarga e’tibor qaratmagan va ularga “Mbappe PSJGa kelishi bilan bu erda 25 yil qolishni istab qoladi”, deb javob bergan.

Kilian Mbappe mavsum boshida o‘yin amaliyotisiz qolib ketmaslik uchun klub xo‘jayini shartnomani uzaytirishni va’da qilgan bo‘lsa-da, 10 may kuni bitim yakunlanishi bilan PJSni tark etishini ovoza qildi.

Al-Xelaifiy ishonganiday Mbappe parijliklar safida 25 yil qolishni istamadi. 25 yoshli forvard olti mavsum  o‘ynab, bu muddat davomida 307 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 256 ta gol va 108 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!