Mbappeni Benzemaning “tirnog‘i”ga ham arzimaydi

  • 7 oktabr, 2024, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Patris Evra termaning hozirgi sardori Kilian Mbappeni qattiq tanqid qildi.

Tecno

- Bosh murabbiy Dide Desham emas, balki butun Frantsiya Mbappeni erkalatib yubordi.  Kilianga yoshligidanoq PSJ va Frantsiya terma jamoasi eshiklarini ochib berishdi.

Men Mbappe xuddi Maykl Jordandek bo‘lishini, jamoaga g‘alaba qozonish uchun yordam berishini istar edim.

O‘zimga qolsa, terma jamoada sardorlik bog‘ichini Antuan Grizmannga berardim. Lekin uni Mbappega taqib qo‘yishdi.

Sizlar bu yigitchaga hamma narsani osonlikcha topshiryapsizlar! Bunaqa munosabatdan keyin unda o‘zini ko‘rsatish uchun ishtiyoq qoladimi?

Agar sizlar uni terma jamoaga chaqirsangiz va u jarohat olsa, “Real” xo‘jayini Florentino Peres bilan munosabatlaring buziladi.

“Real” PSJ emas. Bu erda tavakkal qilib bo‘lmaydi. Jurnalistlar esa Mbappeni afsonaga aylantirib yuborgan.

Mbappe Karim Benzema darajasida emas. Hozir u Benzemaning “tirnog‘i”ga ham arzimaydi, - dedi Patris Evra.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
jan reno
07/10/2024 10:24
Тирногига деган жойи йук эди. Балким копиртирилиб юборган текст.