Mbappe Bellingemni “so‘ndirib” qo‘ydi

  • 24 oktabr, 2024, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumda “Real”ga yangi kelgan Jud Bellingem jamoaning haqiqiy qahramoniga aylangan edi. Angliyalik futbolchi qisqa fursatda madridliklarning etakchisi va to‘purariga aylandi.

Tecno

Biroq, joriy chempionatda Jud Bellingem o‘yinida pasayish kuzatilmoqda. Marca va Transfer News Live nashrlari ekspertlarining ta’kidlashicha, tarkibga Kilian Mbappening qo‘shilgani Bellingemning samaradorligini pasaytirib yubordi.

Jud keyingi paytda o‘zini ikkinchi darajali o‘yinchiga aylanib qolgandek va Mbappening soyasida qolib ketayotgandek his qilyapti.

Mbappe yangi mavsumda jamoa to‘purariga aylanib borayotgan bo‘lsa, Bellingem hali gollari hisobini ochgani yo‘q. Manbalar bu vaziyat angliyalik pleymeykerning kayfiyatiga yomon ta’sir qilayotganini yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!