
Mbappe 630 million evrodan voz kecha oladimi?
Yozda Kilian Mbappe PSJ bilan yangi shartnoma imzolab, yana uch mavsum Parijda qolishga rozilik bergandi. Le Parisien nashri xodimlari bu bitimning moliyaviy tomonlarini ochdi.
Manbaning ta’kidlashicha, 23 yoshli futbolchi uch yillik hamkorlikdan 630 million evroga ega bo‘lishi kerak. Bu ko‘rsakich uni jahon sporti tarixida eng katta maosh oladigan sportchiga aylantiradi.
Avvalgi rekord 2017 yilda “Barselona” va Lionel Messi o‘rtasida imzolangan shartnomada qayd etilgan. O‘shanda argentinalik yulduzning xizmat haqi 555 million evroga baholangandi.
Kilian Mbappe katta shartnomaga qaramay, poytaxt klubida o‘zini baxtiyor his qilayotgani yo‘q. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va jamoadoshlari bilan chiqisha olmayatgan yulduz kelishuvni bekor qilishni istayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda. Mbappe Parijni tark etadigan bo‘lsa, unga “Real”, “Liverpul” va “Chelsi” shartnoma berishga tayyor.
Fikrlar