Maykl Chendler "UFC 309" oldidan jarohat olganmidi?

  • 19 noyabr, 2024, 16:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Amerikalik UFC jangchisi Maykl Chendler Charlz Oliveyraga qarshi jang oldidan bo‘lgan voqealar haqida gapirdi.

"Bahs oldidan bu haqda gapirishni istamasdim, chunki yutqazsam, bu bahona bo‘lardi. Ammo tizzam jarohat bor edi va 4-6 haftaga safdan chiqishga majbur bo‘ldim. Jangdan voz kechishni xohlamadim, chunki agar g‘alaba qozonsam, chempionlik uchun kurashaman, deb o‘ylardim. Men har kuni fizioterapiya qilib, og‘riq bilan mashqlar bajardim”, - dedi Chendler.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 309" turnirida Maykl hakamlarning yakdil qarori bilan Oliveyraga mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!